«Chelsi» jamoasi hujumchisi Diyego Kosta Angliya kubogi doirasidagi «Everton»ga qarshi uchrashuvda (0:2) amalga oshirgan harakatlari tufayli 1 o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi va 20 ming funt miqdoridagi jarimaga tortildi.
Bundan tashqari, u FA tomonidan ogohlantirish olgan. Endi u «Aston Villa»ga qarshi 2 aprel kuni o‘tkaziladigan o‘yinda ishtirok etmaydi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi «Everton»ga qarshi o‘yin vaqtida raqib futbolchisi Garet Berri bilan bahslashib qolgan va maydondan chetlatilgandi. Avvaliga u raqibining bo‘yniga tishlarini botirgani gumon qilingandi, keyinroq undan bu gumon olindi.
"Chelsi" Angliya kubogini tark etdi, Diyego Kosta raqibni tishlagani uchun maydondan chetlatildi
«Chelsi»: «Diyego Kosta Berrini tishlamaganini aytdi»