Buxoroda MDHdagi eng yirik avtonom quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi

O‘zbekiston 23:11 / 01.04.2016 2886

Buxoro viloyatida 2016 yilning boshida MDHda muqobili yo‘q bo‘lgan, quvvati 1,2 mVt li mobil avtonom quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu haqda Sputnik nashriga viloyat hokimiyatida ma'lum qilindi.

Stantsiya Rossiyaning "Lukoyl" kompaniyasining Qandim konidagi ishlab chiqarish obektlari va qurilish infratuzilmasi loyihalarini energiya bilan uzluksiz ta'minlash uchun loyihalangan. Bu kon elektr ta'minotning markaziy tarmoqlaridan uzoqda joylashgan.

"Ishga tushirilgan mobil quyosh elektr stansiyasi elektr energiyani katta ko‘lamda ishlab chiqarish uchun yakuniy yechimni namoyon qiladi. Qurilmalardan iborat konteynerlarni uyali prinsip bo‘yicha qo‘llash va vint svaylarining o‘rnatilishi obektni tashish, montaj qilish va unga xizmat ko‘rsatishni soddlalashtiradi hamda beton ishlarini amalga oshirishni istisno qiladi", deb aytdi qurilmani montaj qilish bilan shug‘ullangan Enesol kompaniyasida.

Quyosh energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy yechimlar va texnologiyalar elektr stansiyaning umumiy quvvatini kunduz kuni 5000 kVt gacha va kechki payt 1000 kVt gacha yetkazish imkonini berdi. Bu quvvat 1,5 ming kishilik kichik shaharchani elektr bilan ta'minlashga yetarlidir.

Enesol mutaxassislarining baholashicha, yangi obekt MDHda qurilgan mobil avtonom quyosh elektr stansiyalaridan eng kattasi hisoblanadi.

Ayni vaqtda Samarqand viloyatida quyosh fotoelektrik stansiyasi barpo etilmoqda. Uning quvvati 100 MVt ni tashkil qiladi. Loyiha Osiyo taraqqiyot bankining 110 mln dollarlik va O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqqiyot fondining 130 mln dollarlik mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmoqda. Yana 45 mln dollar O‘zbekiston hukumati va 26 mln dollar "O‘zbekenergo" kompaniyasi tomonidan ajratilmoqda.

Ekspertlar hisoblariga ko‘ra, O‘zbekistonda quyosh energetikasining umumiy salohiyati 51 mlrd tonna neft ekvivalentidan oshadi.

Ko‘proq yangiliklar: