"Barselona" futbolchilari "Real"ga qarshi o‘yinga Yohan Kroyff xotirasi uchun tayyorlangan futbolkalarda tushadi

Sport 19:25 / 01.04.2016 1703

"Barselona" jamoasi Ispaniya chempionatining 31-turida "Real"ga qarshi o‘tkazadigan o‘yinida afsonaviy futbolchi Yohan Kroyffni xotirlashadi. Jamoa saytidagi xabarda yozilishicha, shu kuni kataloniyaliklar "Rahmat, Yohan" (Gracies Johan) yozuvi tushirilgan liboslarda harakatlanishadi.

"Barselona" va "Real" bahsi Toshkent vaqti bilan 2 aprel kuni soat 23:30da boshlanadi.

Kroyff 24 mart kuni 68 yoshida Barselonada vafot etdi.

Ushbu hollandiyalik futbolchi dunyo tarixidagi eng ko‘p sovrinlarga ega bo‘lgan futbolchilardan biri edi. U avvaliga "Ayaks" bilan, keyinroq "Barselona" bilan ichki chempionatlarda va xalqaro maydonlarda yutuqlarni qo‘lga kiritgandi. Xususan, terma jamoasi bilan ham muvaffaqiyatli davr o‘tkazib, 3 marta "Oltin to‘p" olgan.

U Niderlandiya terma jamoasi bilan 1974 yilda jahon chempionatining kumush medallariga, 1976 yilgi Yevropa chempionatining bronza medallariga ega chiqqan.

1974 yilda "Barseloniya"ga kelgach, jamoa shu yilning o‘zida 15 yil kutilgan chempionlikka erishgan.

Kroyff murabbiy sifatida 1987 yili "Ayaks" bilan UYeFA kubogini qo‘lga kiritgan. "Barselona" bosh murabbiyiga aylangach esa, kataloniyaliklar jamoasida yangi davr boshlanadi: qatorasiga 4 yil (1991-1994) Ispaniya chempionligi hamda 1992 yilgi YeChL g‘olibligi.

Bundan oldinroq, ispan OAVi "Barselona" jamoasi rahbariyati "Kamp Nou" stadioni nomini Yohan Kroyff sharafiga qayta nomlash masalasini ko‘rib chiqishi haqida xabarlar yozgandi.

Ko‘proq yangiliklar: