Yaponiyada boshlang‘ich maktab yodgorlikka aylantirildi

Jahon 18:02 / 30.03.2016 1023

Yaponiyaning Miyagi prefekturasidagi Isinomaki shahrida joylashgan Okava boshlang‘ich maktabi yodgorlikka aylantirildi.

Bu borada shahar ma'muriyati qaror qabul qildi. Bu haqda shahar meri Xirosi Kameyama bayonot berdi. Marhumlarning qarindoshlari maktab binosini buzib tashlanishini talab qilayotgan bo‘lishiga qaramay, shahar aholisi mazkur qarorni qo‘llab-quvvatladi.

Ma'lumki, 2011 yil 11 mart kuni yuz bergan zilzila va sunami oqibatida mazkur maktabning 70 nafar o‘quvchisi va 14 nafar o‘qituvchisi xalok bo‘lgan edi. Maktabni yodgorlik sifatida saqlash uchun 667 million iyen, ya'ni 5,9 million dollar sarflanishi taxmin qilinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: