Luiziana paradi qatnashchilarini o‘qqa tutgan aka-ukalarga umrbod qamoq jazosi tayinlandi

Jamiyat 10:28 / 30.03.2016 917

Bir necha yil muqaddam, AQShning Yangi Orlean shahrida sodir etilgan jinoyat aybdorlari ustidan sud hukmi e'lon qilindi. Shaharda bo‘lib o‘tayotgan parad ishtirokchilarini o‘qqa tutgan aka-uka umrining oxirigacha qamoqda o‘tiradigan bo‘ldi. Bu haqda Luiziana shtati prokuraturasi ma'lum qildi.

Mudhish voqeada 20 kishi, shu jumladan onalar va bolalar tan jarohati olgan edi.

Gap 4 nafar qoratanli aka-ukalardan 2 nafari, 31 yoshli Trevis Skott va uning 22 yoshli ukasi Akin haqida bormoqda. Ular o‘g‘rilik, qotilliklar va giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a'zosi bo‘lishgan. Aka-ukaga o‘q uzish bandidan tashqari qurol hamda giyohvand moddalarni noqonuniy saqlash ayblovi ham qo‘yilgan. Ular 2015 yil kuzida aybiga iqror bo‘lishgandi.

Ushbu jinoiy ish bo‘yicha Skottlar oilasining yana ikki vakili ham sudda javob berdi. 27 yoshli Shon va 24 yoshli Stenli ayni jinoiy to‘da a'zosi bo‘lishgan. Amerika sudi ularning har birini 40 yillik qamoq jazosiga mahkum etdi.

Onalar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan paraddagi otishma 2013 yil mayida sodir bo‘lgan edi. Kuzatuv kameralari esa, aka-uka Skottlardan birining o‘q uzayotganini qayd etgani jinoyatning fosh bo‘lishida yordam bergan.

Ko‘proq yangiliklar: