Kvebekdagi aviafalokatda Kanadaning sobiq transport vaziri oilasi bilan halok bo‘ldi

Jahon 07:45 / 30.03.2016 823

Kanadaning sobiq transport vaziri Jan Laper Kvebek viloyatidagi Madlen orollarida kichik samolyotning falokatga uchrashi oqibatida halok bo‘lgan yetti kishidan biri bo‘ldi,  deb xabar bermoqda CBC telekanali.

Samolyotda Laper bilan birga uning oilasi a'zolari, jumladan rafiqasi bo‘lgan. Ularning barchasi Laperning otasi dafn marosimiga ketayotgan bo‘lishgan. Ta'kidlanishicha, sobiq vazir shu orollarda katta bo‘lgan.

Taxmincha, Monrealdan uchib kelayotgan Mitsubishi MU-2B-60 samolyoti yomon ob-havo sharoiti tufayli qo‘nish paytida falokatga uchragan.

Tvitterda shu munosabat bilan mamlakat bosh vaziri Jastin Tryudo o‘z hamdardlik so‘zlarini bildirdi: "Jan Laperning Madlen orollarida to‘satdan vafot etishidan larzadaman. Siyosiy dunyo uchun katta yo‘qotish bo‘ldi".

Ko‘proq yangiliklar: