13 aprelda Koreya Respublikasida parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi

Jahon 18:15 / 30.03.2016 882

2016 yilning 13 aprel kuni Koreya Respublikasida parlament saylovlari o‘tkaziladi. Mamlakatning xorijda yashayotgan fuqorolar uchun ovoz berish imkoniyati yaratildi. Shu sababli bugun jahon mamlakatlari bo‘ylab saylov uchastkalari ishga tushdi. Saylovlarga Yangi Zelandiyada start berildi. Bu yerda Avstraliyada istiqomat qilayotgan 2 ming 900 nafar va Yangi Zelandiyada yashayotgan 1 ming 300 nafar Janubiy Koreya fuqorosi ovoz berishi kutilmoqda. Xitoy va Yaponiyada 10 ta saylov uchastkasi ochilgan bo‘lib, “osmon osti mamlakati”da 21 ming 600, “kun chiqar yurt”da esa 29 ming 300 kishi ovoz beradi.

Janubiy Koreya parlamentiga xorijda o‘tadigan saylovlar olti kun davom etadi. Umumiy hisobda 113 ta mamlakatda saylov uchastkalari ishlab turibdi. Bu yerlarda 154 ming kishi ovoz berishi kerak. Bu umumiy saylovchilarning 7,8 foizi demakdir. Ayni damda Parlament saylovlariga 943 kishi o‘z nomzodini ko‘rsatgan. Nomzodlarning 26 foizini xukmron “Senuri” partiyasining, 24 foizini esa muxolifatdagi Birlashgan demokratik (“Toburo minchjudan”) partiyasining, 18 foizini esa Xalq partiyasining, 5 foizini Adolat partiyasining, 10 foizdan ortig‘ini esa 24 ta kichik partiyalarning vakillari tashkil qiladi. 14,5 foiz nomzod siyosiy partiyalar emas, balki mustaqil nomzod sifatida saylovlarda ishtirok etmoqda. Koreya Respublikasining parlamenti — Milliy yig‘in bir palatali bo‘lib, 300 nafar deputat faoliyat yuritadi.

Ko‘proq yangiliklar: