Slutskiy Putinni terma jamoada u istagan ampluaga qo‘yishga tayyorligini bildirdi

Sport 11:22 / 29.03.2016 902

Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Leonid Slutskiy Fransiyaga qarshi o‘tkaziladigan o‘yin oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani vaqtida fransuz jurnalistining kutilmagan savoliga javob berishiga to‘g‘ri keldi.

Jurnalist undan "Prezident Putin sizning jamoangizda o‘ynagan bo‘lganida uni qaysi chiziqqa qo‘yardingiz" deya so‘ragan.

"U o‘zi istagan chiziqda o‘ynagan bo‘lardi", deya javob bergan murabbiy.

Slutskiy shuningdek, futbolchilar joylashgan mehmonxonaga Butundunyo aksildoping agentligining (WADA) vakili tashrif buyurganiga munosabat bildirgan.

"WADA vakilining tashrifi bizni umuman tashvishga solmaydi. Bugun nazariy mashg‘ulotlardan keyin futbolchilarning bir necha nafari doping bo‘yicha sinov testidan o‘tishadi. Testdan o‘tadiganlar qur'a tashlash orqali tanlanadi", deydi murabbiy.

Bundan oldinroq, terma jamoa bilan Parijga kelgan Igor Denisovning isitmasi ko‘tarilishi tufayli u shifoxonaga olib ketilgani haqida xabar berilgandi. U fransuzlarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Fransiya terma jamoalari ishtirokidagi uchrashuv 29 mart kuni Parijning chekka hududidagi Sen-Deni shahridagi Stade de France stadionida bo‘lib o‘tadi.

Rossiya terma jamoasi joylashgan Parij yaqinidagi mehmonxona qattiq qo‘riqlanmoqda

Fransiya va Rossiya uchrashuvi vaqtida «Stad de Frans» stadioni atrofiga merganlar joylashtiriladi

Ko‘proq yangiliklar: