Jahon banki Ozarbayjon va Belarusga kredit taqdim qiladi

Iqtisodiyot 11:42 / 29.03.2016 1269

Jahon banki direktorlar kengashi 28 martda Ozarbayjon va Belarusga mos ravishda 140 mln va 10 mln dollar kredit berish haqida qaror qabul qildi.

Bu haqda Jahon banki matbuot xizmati ma'lum qildi.

Minskga mablag‘lar byudjyet mablag‘larini boshqarish tizimini modernizatsiyalash uchun berilmoqda. Bu loyihaning amalga oshirilishi "byudjyet shaffofligini yaxshilashi" kerak.

Bokuga esa kredit mablag‘lari mamlakatdagi avtomobil tarmoqlarini ta'mirlash loyihasiga qo‘shimcha mablag‘ sifatida berilmoqda. Bu pullar jumladan Boku-Shamax trassasining ba'zi qismlarini 2 polosalidan 4 polosaligacha kengaytirish uchun taqdim qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: