29 mart kuni tongida Iroq poytaxti Bag‘dod shahri markazida navbatdagi portlash yuz berdi. Reyter agentligini mahalliy manbaga asoslanib, xabar berishicha portlash natijasida kamida bir necha kishi halok bo‘lgan va 8 kishi jarohatlangan.
Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, portlash shaharning Bob Sharji tumanida yuz bergan. Bu hududda bir qancha ishchilar guruhlari qurilish ishlarini olib borayotgandi.
Portlash tafsilotlari hozircha ma'lum emas.