BAAda ikkita turar joy binosida yong‘in chiqdi

Jahon 07:48 / 29.03.2016 1040

Birlashgan Arab Amirliklarida 12 ta binodan tashkil Ajman One turar joy majmuasidagi kamida ikki binoda yong‘in chiqdi, deb xabar bermoqda Gulf News nashri.

Majmua Ajman va Sharja amirliklari chegarasida joylashgan bo‘lib, uning asosan 1-sonli binosi katta talofat ko‘rgan.

Turar joy majmuasidagi odamlar evakuatsiya qilingan, o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bartaraf etishga kirishganlar.

Qutqaruvchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, yong‘in haqidagi ma'lumot mahalliy vaqt bilan 21.45 da kelib tushgan.

Yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar haqida ma'lumot kelib tushmagan.

Ko‘proq yangiliklar: