AQSh hukumati san-bernardinolik terrorchining smartfoni ochilganini tasdiqladi

Jahon 10:36 / 29.03.2016 993

AQSh Adliya departamentida Federal qidiruvlar byurosi San-Bernardinoda terakt amalga oshirgan terrorchilardan birining smartfonini uni ishlab chiqargan Apple kompaniyasi yordamisiz ocha olganini tasdiqladi. FQB olingan ma'lumot bilan standart tartibot bo‘yicha ishlamoqda, Apple’ga qarshi topshirilgan shikoyat qaytarib olindi.

FQB vakili Devid Baudich byuro terrorchining iPhone’ini ochib, undagi ma'lumotlarni olishga ko‘mak bergan uchinchi tomon haqidagi ma'lumot va texnik detallarni oshkor qila olmasligini aytdi.

Baudich o‘tgan hafta davomida yuqori malakali mutaxassislar qurilmani ochishga urinish vaqtida unga zarar yetmasligiga ishonch hosil qilish maqsadida uni batafsil sinovdan o‘tkazganlarini ma'lum qildi.

Apple kompaniyasi boshidan terrorchining smartfonini ochib berishdan bosh tortgan, chunki bu foydalanuvchilar shaxsiy ma'lumotlarining daxlsizligiga rahna solishi mumkin edi. Kompaniyada huquq-tartibot muassasalariga tergovlarda yordam berishga va mahsulotlarining xavfsizligini oshirish bilan shug‘ullanishga va'da berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: