Alyaskada 6 kilometrli vulqon otildi

Jahon 12:45 / 29.03.2016 6851

AQSh Alyaska yarim orolining janubiy chegarasiga yaqin Aleut orollarida joylashgan Pavlov vulqoni dengiz sathidan 6096 metr balandlikdagi kul ustunini otib chiqardi, deb xabar beradi Associated Press (AP).

Agentlikka ko‘ra, Pavlov vulqoni 28 mart kuniga o‘tar kechasi otila boshlagan. Shunga binoan, AQSh geologik xizmati aviatsiya uchun eng yuqori, qizil darajadagi xavf tug‘diruvchi vulqon otilish ehtimolini e'lon qildi.

Ma'lum bo‘lishicha, vulqonga eng yaqin hisoblangan aholi yashash punkti Kold-Bey vulqon janubi-g‘arbidan 60 km uzoqlikda joylashgan.

Pavlov vulqoni – Alyaska shtatidagi eng faol vulqonlardan biri. Kuzatuv davomida 40 dan ortiq otilish qayd etilgan. Ulardan eng kuchlilari 1981, 1983, 1986, 1996 va 2007 yillarda kuzatilgan. Eng uzoq vulqon otilishi 1911 yili boshlanib besh yil davom etgan. So‘nggi marta vulqon 2014 yili “uyg‘ongan” edi.

Ko‘proq yangiliklar: