2030 yilda Dubay aholisi 5,2 million nafarga yetadi

Jahon 12:00 / 29.03.2016 5584

Dubay shahri qurilishini rejalashtirish va muhandislik bo‘limi bosh direktor o‘rinbosari Abdulloh Rafiyning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilga kelib aholi sonining 3,3 million, 2030 yilga kelib esa 5,2 million nafarga yetishi kutilmoqda.

"Shiddat bilan o‘sib borayotgan aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun har yili o‘rtacha 3,500 xonadon qurilishi lozim", deyiladi Dubay munitsipaliteti taqdim etgan bayonotda.

Dubay Statistika markazi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, 2016 yil yanvar holati bo‘yicha Dubay aholisi besh foizlik o‘sish bilan 2,4 million nafar kishini tashkil etgan.

“O‘sib kelayotgan aholining ehtiyojlarini qondirish maqsadida Dubay munitsipaliteti 2020 yilgacha umumiy energiya quvvatining yetti foizini, 2030 yilgacha 25 foizini ishlatishiga to‘g‘ri kelsa, 2050 yilga borib bu ko‘rsatkich 75 foizga yetadi”, - deb qo‘shimcha qildi Abdulloh Rafiy.

Shuningdek, Rafiy aholi soni ko‘payib borar ekan, hokimiyat 2021 yilga qadar karbonat angidridi gazi chiqindilari hajmini 15 foizga, 2030 yilgacha energiya quvvati va suvga bo‘lgan talabni 30 foizga kamaytirishni rejalashtirganini bildirdi.

Dubayda yashovchi odamlar deyarli 90 foiz vaqtini binolar ichida, yoki uyda, yoki ishxonada o‘tkazishadi. Bino ichida sarflangan energiya quvvati sarfi 80 dan 90 foizgacha yetadi.

Aholi soni bilan birga Dubayda osmono‘par binolar qurilishi ham ko‘paymoqda va yaqin davrda bu tezlik susayishi kutilmayapti.

Ko‘proq yangiliklar: