Yoahim Lyov Yevro-2016 turniri favoritlari bo‘lgan 5 jamoa nomini sanadi

Sport 08:44 / 28.03.2016 1254

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoahim Lyov Yevro-2016 turnirida qaysi jamoalar g‘oliblik uchun asosiy da'vogarlar bo‘lishi haqidagi fikrlarini aytdi.

«Amaldagi jahon chempionlari sifatida biz Yevropa chempionatining asosiy favoritlari qatoriga avtomatik ravishda kiramiz. Shuningdek, mezbonlar (Fransiya) ham avtomatik ravishda bunday ro‘yxatdan joy oladi. Angliya esa keyingi 2 yil davomida juda kuchli o‘yin namoyish qilmoqda. Italiya va Belgiya termalari ham ayni vaqtda kuchli tarkibga ega.

Qayd etish kerakki, saralash bosqichida biz hamisha ham ishonarli o‘yin namoyish qila olmadik», – deydi Lyov.

Ko‘proq yangiliklar: