Ispaniya: «Real»ning o‘yinlarini ikkinchi bo‘limda ko‘rish kerak
«Real» — «Espanol» 4:1
Gollar: Karvahal (58), Rodrigo (75), Vinisius (78), Mbappe (90, penalti) — Kurtua (54, avtogol).
«Real» – Kurtua, Fran Garsiya, Militao, Karvaxal (Vaskes, 59), Chuameni, Bellinghem (Ryudiger, 84), Valverde, Modrich, Guler (Vinisius, 55), Rodrigo (Endrik, 84), Mbappe.
«Espanol» – Garsiya, Romero, Texero (Aguado, 76), Kabrera, Kumbula, Al Hiloli, Kral, Losano (Gragera, 67), Karreras (Kardona, 76), Puado (Milya, 81), Sheddira (Velis, 46).
Ogohlantirishlar: Losano (10), Mbappe (32), Valverde (61), Garsiya (74), Bellinghem (81), Vinisis (82), Romero (88).
«Real» hafta o‘rtasida Chempionlar ligasida og‘ir o‘yin o‘tkazgandi. Shuning uchun, Anchelotti jiddiy rotatsiya o‘tkazdi. 6-tur o‘yinida Vinisius zaxirada qoldirildi, himoya to‘rtligidan startda faqat Karvahal chiqdi, u ham boshqa pozitsiyada (o‘zining o‘ng qanotiga qaytdi).
O‘yin Bellinghem yakkakurash chog‘ida gazonga yiqilib, yelkasini ushlagancha yotishi bilan boshlandi. Angliyalik yarimhimoyachi mavsum boshini ham o‘tkazib yuborgandi va yangi jarohat «Real» uchun jiddiy muammo bo‘lishi mumkin. Ammo ko‘p o‘tmay Jud o‘yinni davom ettira oldi.
Tarkibdagi murakkabliklarga qaramay, «Real» kuchliroq ko‘rindi. 11-daqiqadayoq Guler bosh bilan to‘p tashlab berdi, Mbappe esa bu vaziyatda hisobni ochishi kerak edi. Fransuz to‘pni ko‘kragi bilan o‘ziga yaxshi bo‘ysundirib oldi, ammo bir necha metrdan yo‘llangan zarba darvozabonning o‘ziga bordi. Mbappeda boshqa vaziyatlar ham bo‘ldi, ammo ularning birortasidan foydalanilmadi. «Espanol» o‘z darvozasi atrofida tartib bilan himoyalandi va katta kuch bilan hujum uyushtirmadi.
Mbappe esa hakam qaroriga ochiq norozilik bildirgani uchun ogohlantirildi. Kilian chindan ham ofsaydda bo‘lgan va himoyachini turtgandi, ammo tribunadagilar Ispaniya futbol federatsiyasidagi korrupsiya haqida qo‘shiq kuylay boshladi.
Ammo chindan shunday bo‘lgan taqdirda ham Karlo Anchelotti jamoasi bu mavsumda sakkiz o‘yinning birinchi bo‘limlarida gol urolmaganini izohlay olmaydi. Bu safar ham 45 daqiqalikdagi 14 zarba (6 tasi darvoza sohasiga to‘g‘ri borgan) yordam bermadi.
Katalonlar jamoasi bu yozda katta qiyinchilik bilan bo‘lsa-da la ligaga qaytdi, dastlabki turlardan keyin esa turnir jadvali o‘rtasiga joylashib oldi. 41-daqiqadagi epizod o‘yindagi hal qiluvchisi bo‘lishi mumkin edi, ammo bunday bo‘lmadi. Kabrera to‘pni nazorat qildi, ammo o‘zini ta’qib qilgan Fran Garsiyaning yuziga urib yubordi. Katta ehtimol bilan, bu tasodifan bo‘ldi, ammo uni ehtiyotsizlik tufayli qilingan folga ham o‘xshardi. Agar bunday epizod maydon markazida ro‘y berganida, hakam buni fol deb hisoblashi mumkin edi. Bu holatda esa penalti berilmadi.
Ikkinchi bo‘limda esa barchasi qizib ketdi. Kurtua favqulodda xatoga yo‘l qo‘ydi. Qanotdan uzatilgan oddiy va manzilsiz pasdan keyin to‘p noto‘g‘ri joy tanlagan belgiyalikning orqasiga tegib darvoza to‘riga kirib ketdi. «Real» ichki chempionat o‘yinlarida aprel oyidan buyon ilk bor o‘z uyida gol o‘tkazdi, o‘shanda Madridga «Barselona» mehmon bo‘lgandi.
Anchelotti darhol reaksiya qilib, Vinisiusni maydonga tashladi. To‘rt daqiqa o‘tib «Espanol» darvozaboni ham ishonchsiz harakat qildi. Bellinghem jarima maydonida bosim qilib, to‘pni olib qo‘ydi va uni darvozabon hududiga uzatdi, Garsiya esa to‘qni qo‘ltig‘i ostidan o‘tkazib yubordi, Karvahal darvoza chizig‘i ustidan to‘pni to‘rga tepib yubordi.
Hisob 1:1 ekanida «Espanol» imkon topishi bilan vaqt cho‘zishga harakat qildi. Mehmonlar gazonga yotib olishdan tortinishmadi, darvozabon to‘pni o‘yinga kiritishda hayallagani uchun sariq kartochka oldi. Ammo bu yordam bermadi. «Reala» 75-daqiqada g‘alaba golini urdi. Vinisius chap qanotdan shvedka uslubida (oyog‘ining tashqi qismi bilan) pas uzatdi, to‘pga yetib borgan Rodrigo osonlik bilan darvozani ishg‘ol etdi.
Mohiyatan shu gol bilan o‘yin taqdiri hal bo‘ldi, keyin «Espanol» o‘yini buzilib ketdi va mezbonlarga uchinchi gol sovg‘a qilindi. «Real» alohida pressing uyushtirmasdan ham raqibdan to‘pni olib qo‘ydi va kenglikdan unumli foydalandi – Mbappe assist berdi, Vinisius hujumni yakunladi va golni fransuz sherigi uslubida nishonlab, minnatdorchilik bildirdi. O‘yin oxirida esa Endrik jarima maydonida raqibni ajoyib usulda aldab o‘tib, penalti ishladi, Mbappe bundan foydalandi – 4:1.
Bu oqshomda «Real» fanatlarini o‘ylantiradigan yagona narsa – Bellinghemning yelkasi. Angliyalik futbolchi almashtirilganidan keyin ham shu joyini ushlab o‘tirdi.
Oldinda «Atletiko» bilan derbida haqiqiy sinov kutmoqda.
Angliya: Emerida kambek, «Liverpul» sensatsion mag‘lubiyat uchun aybini yuvdi
«Vest Hem» — «Chelsi» 0:3
Gollar: Jyekson (4, 18), Palmer (47).
«Vest Hem» – Areolya, Kilmen, Alvares (Soler, 54), Mavropanos, Emerson (Kressuell, 73), Lukas Paketa (Irving, 72), Rodriges (Souchek, 38), Uan-Bissaka, Quddus, Sammervill (Antonio, 54), Bouen.
«Chelsi» – Sanches, Kukurelya, Koluill, Adarabioyo, Fofana (Disasi, 57), Fernandes (Dyuzberi-Holl, 84), Kaysedo, Palmer (Feliks, 64), Sancho (Netu, 57), Madueke, Jyekson (Nkunku, 64).
Ogohlantirishlar: Fofana (45), Souchek (47), Alvares (49), Kukurelya (71), Kilmen (77), Antonio (83).
Xulen Lopetegi «Vest Hem» bosh murabbiyi etib tayinlanishi avvalboshdan savollar tug‘dirgandi va hozircha «bolg‘achilar»ning natijalari yaxshi taassurot qoldirmayapti. Besh turda atigi bir g‘alabaga erishildi, jamoa faqat dastlabki besh daqiqalikda o‘tkazilgan gollar soni bo‘yicha «peshqadamlik»ni hech kimga bermayapti. Shanba kungi o‘yinda Jyekson to‘rtinchi daqiqada urgan birinchi goli — raqib bu mavsumda o‘tkazgan beshinchi tezkor goli bo‘ldi. Keyin esa senegallik forvard «Chelsi» uchun London derbilaridagi eng tezkor dubl (18 daqiqada) muallifiga aylandi. Bu futbolchi qo‘shnilar bilan o‘yinlarni yoqtiradi, u APL nafaqat «Vest Hem»ga, balki «Tottenhem»ga ham to‘rtta gol urgan. Debyut mavsumida tanqidga uchragan Jyekson vaqt o‘tib jamoaning eng sermahsul futbolchilaridan biriga aylandi. U ikki goldan tashqari ikkinchi bo‘limda Palmerga assistentlik ham qildi. Yozda London klubiga o‘tgan Sancho esa Jyeksonning gollaridan biriga hammuallif bo‘ldi. U yangi jamoasi safida ikki o‘yinda o‘tgan mavsum davomida «MYu» safida bergan golli uzatmalarini (2) takrorladi.
«Liverpul» — «Bornmut» 3:0
Gollar: Dias (26, 28), Nunes (37).
«Liverpul» – Kelleher, Roberson, van Deyk, Konate, Aleksander-Arnold, Mak Allister, Gravenberh, Soboslai (Jons, 61), Dias (Gakpo, 72), Saloh, Nunes (Kiyeza, 72).
«Bornmut» – Arrisabalaga, Kerkez, Heysen, Zabarnyy, Arauxo (Smit, 70), Kristi (Skott, 69), Kuk, Taverniye, Klyuyvert (Uattara, 46), Semenyo (Sinisterra, 70), Evanilson (Unal, 76).
Ogohlantirishlar: Kristi (1), Klyuyvert (18), Heysen (45+3), Konate (60), Kuk (87).
O‘tgan turda o‘z maydonida «Nottinghem»ga yutqazgan «Liverpul» alamini «Bornmut»dan oldi va g‘alabali rejimga qaytdi, mezbonlarning hisobga olinmagan bir goliga mehmonlar uchta gol bilan javob qaytardi. Bu gollardan dastlabki ikkitasi Dias hisobiga yozildi, u mavsumdagi gollari sonini 5 taga yetkazdi va to‘purarlar poygasida faqat «o‘zga sayyoralik» Holanddan (9) ortda qolmoqda. Kolumbiyalik hujumchining birinchi muvaffaqiyati — Konatening uzoqdan bergan pasidan keyin urildi — bu vaziyatda Kepa ham qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. U Dias birinchi bo‘lib yetib kelishi ko‘rinib turgan to‘pga ulgurish maqsadida jarima maydonini tashlab chiqqandi.
Ikkinchi golda esa Aleksander-Arnoldning xizmati beqiyos bo‘ldi, ushbu himoyachi «Liverpul» safida gol va pas bo‘yicha ochkolarini 100 taga yetkazjdi (19 gol va 81 uzatma). Agar faqat APL o‘yinlari hisobga olinsa, Trentdagi assistlar soni 59 ta bo‘ladi. Shanba kuni u klub tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkichlar bo‘yicha Stiv Makmanamanni ortda qoldirdi va endi faqat Stiven Jyerrard (92) hamda Salohdan (72) ortda qolmoqda. Misrlik hujumchi ham bu o‘yinda apreldan buyon raqiblar darvozasini ishg‘ol etmagan (14 o‘yin) va zaxiraga o‘tirib qolgan Nunesga gol urishda yordam berdi. Ammo Arne Slot unga imkon berishi bilan urugvaylik hujumchi jarima maydoni burchagidan turib chiroyli aylanma zarba bilan hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.
«Aston Villa» — «Vulverhempton» 3:1
Gollar: Uotkins (73), Konsa (88), Duran (90+4) — Kunya (25).
«Aston Villa» – Martines, Din (Beyli, 46), Pau Torres, Diyego Karlos, Konsa, Tilemans, Onana (Barkli, 62), Remzi (Duran, 62), Makginn (Matsen, 46), Rojyers, Uotkins (Buendia, 90+9).
«Vulverhempton» – Jonston, Ait-Nuri, Douson, Moskera (Bueno, 82), Semedu, Andre, Mateus Kunya, Lemina, Gomes (Doyl, 82), Bellgard (Gomesh, 71), Larsen (Gedesh, 65).
Ogohlantirishlar: Ait-Nuri (7), Semedu (16), Gomes (27), Torres (28), Lemina (61), Rojyers (75), Moskera (81), Barkli (90+11), Kunya (90+12).
Bir hafta muqaddam «Aston Villa» «Everton» bilan o‘yinda ajoyib kambek namoyish etib, 0:2 hisobini 3:2 ko‘rinishiga o‘zgartirgandi. «Vulverhempton» esa Birminghemdagi o‘yinda hisobni ochganiga qaramay, bu ustunlikni ushlab qolishi dargumon edi. O‘tgan turdan gol urishni boshlagan Olli Uotkins bu o‘yinning ikkinchi bo‘limida ham darvozani ishg‘ol etib, «Villa Park»da APL o‘yinlarida urilgan gollar soni bo‘yicha klub rekordini takrorladi. U yana bir aniq zarba berish bilan bunday gollar sonini 49 taga yetkazadi va Agbonlahorni ortda qoldiradi. Unai Emeri jamoasiga g‘alabani himoyachi Konsa taqdim etdi, u burchak zarbasi ijro etilganidan keyin jarima maydonini tark etishga shoshilmadi va hujum davomida Tilemansning uzatmasini darvoza to‘riga yo‘naltirib yubordi.
Rodjyers yana bir bor kuchli o‘yin o‘tkazib, ikki golga assistentlik qildi. Duranning zaxiradan tushib gol urishi esa — «Villa» o‘yinlari dasturidagi majburiy punktga aylanib qolgan. Kolumbiyalik hujumchi qatorasiga uch turda gol urdi. Duran o‘ziga berilgan vaqtdan unumli foydalanmoqda va o‘rtacha har 80 daqiqada raqiblar darvozasini ishg‘ol etib, bu borada faqat Holanddan ortda (79) qolmoqda.
«Tottenhem» — «Brentford» 3:1
Gollar: Solanke (8), Jonson (28), Meddison (85) — Mbeumo (1).
«Tottenhem» – Vikario, Udoji, van de Ven, Romero, Porro (Grey, 88), Meddison (Bergvall, 88), Bentankur (Bissuma, 63), Kulusevski, Son, Solanke (Mur, 88), Jonson (Sarr, 70).
«Brentford» – Flekken, Ayyer (Roerslev, 79), Lyuis-Potter, Kollinz, Pinnok, van der Berg, Damsgor (Konak, 79), Yanelt, Yarmolyuk (Shade, 63), Mbeumo, Karvalyu (Trevitt, 87).
Ogohlantirishlar: van de Ven (39), Ayyer (58), Frank (59), Bissuma (66), Meddison (86).
Angelos Posteko‘g‘li boshqaruvidagi «Tottenhem» hech qachon zeriktirmaydi. O‘yindan oldin murabbiy jamoaning yangi hujumchisi Solankeni himoya qilib chiqib, u haqida tanqidiy savol bergan jurnalistga xulosa qilishga shoshilmaslik va yoga bilan shug‘ullanishni maslahat bergandi, forvard esa murabbiyning qo‘llab-quvvatloviga «shporlar» futbolchisi sifatidagi ilk goli bilan minnatdorchilik bildirdi. Shunga qaramay, u — APLning o‘tgan mavsumi boshidan buyon kamida 20 gol urgan olti futbolchidan biridir! Bu gol Solanke uchun ham, 22-soniyadayoq gol o‘tkazib yuborgan jamoa uchun ham muhim edi.
«Tottenhem»ni hisobda oldinga olib chiqqan Jonsonning ham o‘z tarixi bor. «Arsenal»dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin uelslik futbolchi ijtimoiy tarmoqlardan birida haqoratga ko‘mildi va o‘z akkauntini o‘chirib tashlashga majbur bo‘ldi, bir hafta o‘tib esa muhim golni urdi. Unga bunda Son Xin Min pasi bilan yordam berdi, jamoa sardori uchinchi golda Meddisonga ham assistentlik qildi va «shporlar» safidagi golli uzatmalari sonini 64 taga yetkazdi. Bu orqali Eriksen ortda qoldirildi, oldinda esa faoliyatini ancha vaqt oldin yakunlagan Darren Anderton (67) qolgan. Katta ehtimol bilan, koreyalik hujumchi joriy yil oxirigacha rekordni o‘ziniki qiladi.
«Kristal Pelas» — «Manchester Yunayted» 0:0
«Kristal Pelas» – Henderson, Richards, Gehi, Lakrua, Eze (Shlupp, 90+1), Nketia (Hyuz, 66), Mitchell, Munos, Kamada, Uorton (Lerma, 46), Mateta (Sarr, 46).
«Manchester Yunayted» – Onana, Dalot, Martines, de Ligt, Mazraui, Eriksen (Ugarte, 76), Maynu, Fernandesh, Garnacho, Diallo (Hoylund, 76), Zirkze (Reshford, 61).
Ogohlantirishlar: Garnacho (36), Martines (63), Henderson (63), Hyuz (83), Lakrua (90+5).
Hafta o‘rtalarida «MYu» Liga kubogida yirik hisobda g‘alabaga erishdi, «Barnsli» darvozasiga (7:0) hatto Antoni gol urdi. Ammo «Kristal Pelas» maydonida barchasi silliq kechmadi. Birinchidan, mehmonlar bir necha bor qulay pozitsiyalardan foydalana olmadi. Ikkinchidan, mezbonlar darvozaboni Henderson ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Qolaversa, Erik ten Hag jamoasining omadi ham kelmadi. Buni yaqqol ifodalovchi vaziyatni — faqat futbol simulyatorlarida ko‘rish mumkin, chunki real hayotda bir hujumning o‘zida ikki bor to‘sinni nishonga olishning o‘zi qiyin. Ammo Garnacho va Brunu Fernandesh bilan aynan shunday holat kuzatildi.
Javob hujumida Eze gol urganida yanada alamli bo‘lardi, ammo u markazga yo‘llagan zarba Onanaga katta qiyinchilik tug‘dirmadi. Yakunda kamerunlik darvozabon ham qahramonlik ko‘rsatishiga to‘g‘ri keldi, u ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida bir hujum davomida ikkita seyv amalga oshirdi. Bu oqshomning yana bir omadsizi Eze o‘n metr masofadan turib burchakni aniq nishonga ola ololmagach, bu oqshom kimga ko‘proq omad kulib boqqanini aytish ham qiyin bo‘lib qoldi. Shunisi aniqki, bu darvozabonlarga atalgan oqshom bo‘ldi. Onana ham, sobiq jamoasiga qarshi o‘ynagan Henderson ham xG bo‘yicha 1,65 ko‘rsatkich qayd etilgan holatda yettitadan seyv amalga oshirishdi.
Italiya: turincha qurg‘oqchilik
«Yuventus» — «Napoli» 0:0
«Yuventus» – Di Gregorio, Kambiyazo, Bremer, Kalulu, Savona, Lokatelli, Makkenni (Tyuram, 80), Kopmeyners, Yildiz, Gonsales, Vlahovich (Vea, 46).
«Napoli» – Meret (Kaprile, 36), Olivera, Buonjorno, Rahmani, Di Lorenso, Lobotka (Gilmur, 87), Zambo-Angissa, Kvaratsxeliya (Neres, 73), Maktominey, Politano (Folorunsho, 73), Lukaku (Simeone, 72).
Ogohlantirish: Makkenni (33).
Tiagu Motta bir vaqtlar Antonio Konte boshqaruvidagi Italiya milliy jamoasida o‘ynagandi. Ularning o‘zaro qarama-qarshiligidagi o‘yinning esa ko‘proq qismida o‘qituvchining jamoasi kuchliroq ko‘rindi. Masalan, birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Di Gregorio standart vaziyatdan keyin ijro etgan seyv «Napoli» darvozabonida bo‘lmadi. Aniqrog‘i darvozabonlarida, chunki mavsum startini yorqin o‘tkazgan Meretni birinchi bo‘limdayoq almashtirishga to‘g‘ri keldi va o‘tgan mavsumni ijara asosida «Empoli»da yaxshi o‘tkazgan hamda tajriba to‘plab Neapolga qaytgan Kaprile darvozani qo‘riqlaydigan bo‘ldi.
Ammo agar Kopmaynersning jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan kuchli zarbasi darvoza sohasiga to‘g‘ri borganida, darvozabon nimadir qila olishi dargumon edi. Bu oqshom himoyachilar hujumchilardan yaxshiroq harakatlanganini ko‘rsatuvchi yana bir holat Konte Kvaratsxeliya va Lukakuni ancha erta almashtirib yuborgani bo‘ldi. «Byankonerilar» muxlislari belgiyalik hujumchini kuchli hushtakbozlik bilan kuzatib qo‘yishdi. Bir yil muqaddam ular uning kutilayotgan transferiga qarshi aksiya o‘tkazishgan, hujumchi yakunda «Roma» safiga o‘tgandi. Bu o‘yinda boshqa yodda qolarli voqealar bo‘lmadi. «Yuve» esa qatorasiga uchinchi bor 0:0 hisobini qayd etdi, bunaqasi oxirgi bor 1992 yilda, Jovanni Trapattoni ishlagan vaqtda kuzatilgandi.
Germaniya: yirik hisobdagi g‘alab — kundalik yumushga aylandi
«Verder» — «Bavariya» 0:5
Gollar: Olise (23, 60), Musiala (32), Keyn (57), Gnabri (65).
«Verder» – Tsetterer, Yung, Shtark, Piper (Malatini, 79), Agu (Deman, 87), Vayzer, Stage (Alvero, 66), Linen, Shmid, Gryull (Ken, 46), Duksh (Topp, 46).
«Bavariya» – Ulrayh, Devis, Kim Min Je, Upamekano, Laymer (Gerreyru, 57), Pavlovich (Palinya, 70), Kimmix, Olise (Sane, 70), Koman (Gnabri, 56), Musiala, Keyn (Myuller, 76).
Hafta o‘rtasida Noyyer Chempionlar ligasi o‘yini tanaffusida almashtirilgandi. Bremendagi o‘yinda u boshlang‘ich tarkibda tushishga tayyorlanayotgandi, ammo chigalyozdi mashg‘ulotlari chog‘ida yana muammo paydo bo‘ldi. Ammo Zagrebning «Dinamo» klubi bilan o‘yinda bo‘lgani kabi bu safar ham «Bavariya» uchun jiddiy muammo tug‘ilmadi, Laymerning zarbasi to‘sindan qaytishi myunxenliklarning qatorasiga ikkinchi bor yirik hisobda g‘alaba qozonishini faqat biroz ortga surdi.
Olise jamoaga juda tez kirishib ketgani bilan yaxshi taassurot qoldirmoqda. Fransuz yarimhimoyachisi kuchli hafta o‘tkazib, to‘laqonli yulduzga aylandi. O‘tgan hafta oxirida u bundesligadagi ilk golini o‘z hisobiga yozib qo‘ygani. YeChL o‘yinida dubl qayd etdi, endi esa bu mavsumda hali mag‘lub bo‘lmagan «Verder» darvozasiga yana ikki gol urish bilan davom etdi. Aniqrog‘i, Olise to‘rtta golli hujumda qatnashib, Musialaga assist berdi va Keynga ham pas berib, qarzini qaytardi. Harri esa top-5 ligalarda gollari sonini 10 taga yetkazgan ilk futbolchi bo‘ldi. «Bavariya» Vensan Kompani boshqaruvi davrida gol bilan yakunlangan hujumlari sonini 29 taga yetkazdi, bu esa jamoa tarixida mavsum startidagi olti o‘yin bo‘yicha eng yaxshi natija.
Kun statistikasi
- «Brentford» «Manchester Siti»dan keyin APLda qatorasiga ikki o‘yinda 1-daqiqadayoq hisobni ochgan 2-jamoaga aylandi.
- «Galatasaroy» Okan Buruk boshqaruvida «Fenerbahche»ga qarshi uchta safar uchrashuvidan ikkitasida g‘alaba qozondi. «Sherlar» bundan oldin safar derbilarida ikki g‘alabaga erishish uchun 23 o‘yin o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgandi.
- «Everton» to‘rt o‘yinda hisobni ochdi, ammo ustunlikni saqlab qololmadi (=1-3). Yil boshidan buyon Shon Daych jamoasida APLda bunday vaziyatlar bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkich — 18 ochko yo‘qotilgan.
- «PSJ» Fransiya chempionatida qatorasiga 11-marta hisobda ortda borayotgan o‘yinlarida g‘alabaga erisha olmadi (=5-6).
- «Utrext» Niderlandiya chempionatida ilk bor dastlabki besh turda 13 ochko to‘plashga erishdi.
- Hujumchi Budimir «Osasuna» safida la liga o‘yinlarida urgan gollari sonini 45 taga yetkazdi. Xorvatiyalik futbolchi bu borada Yan Urban bilan tenglashib oldi va faqat pamplonaliklar afsonasi, o‘tgan asrning 50-60-yillarida porlagan Sabino Adonegidan (57 gol) ortda.