Yaponiya yadrodan xoli davlat maqomidan voz kechmoqchi emas

Jahon 10:11 / 28.03.2016 962

Yaponiya hukumati yadroga nisbatan 3 prinsipga qat'iy amal qiladi - yadroviy qurolga ega bo‘lmaslik, uni kiritmaslik va ishlab chiqarmaslik. 

Yaponiya yadroviy qurolga keskin qarshi bo‘lib, yuqorida qayd etilgan prinsiplariga sodiqdir. Bu haqida Yaponiya vazirlar mahkamasining bosh kotibi Yosixide Suga o‘z fikrini bildirdi.

"Yadroviy qurolga qarshi 3 prinsip - bu mamalakatimizning muhim siyosiy omillaridan biri", - deb ta'kidladi u. Sugi AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan da'vogar Donald Trampning Yaponiya yadroviy qurolga qarshilikdan voz kechishi yomon qadam bo‘lmasligini aytganidan so‘ng shunday izoh berdi.

"Bu biz, ya'ni AQSh uchun yomon deb o‘ylamayman", - dedi Tramp. U KXDR hukumatining yuritayotgan siyosatidan kelib chiqqan holda shunday xulosaga kelganini ma'lum qildi.
Yaponiyada yadroviy qurolga qarshi siyosat yuritilsa-da, u qonuniy jihatdan kuchga kirmagan.

Ko‘proq yangiliklar: