Suriyada Pasxa bayrami vaqtida xudkush ayol o‘zini ibodatxona oldida portlatib yubordi

Jahon 08:54 / 28.03.2016 988

Suriyada IShID xudkushi Pasxa bayrami vaqtida Suriya Pravoslav cherkovining avliyo Georgiy ibodatxonasiga kiraverishda o‘zini portlatib yubordi. Terakt Xasaka viloyatidagi Ras-Al-Ayn shahrida yuz berdi. Portlash oqibatida bir necha kishi halok bo‘ldi. Bu haqda "Russkaya vesna" nashri Suriya va arab OAVlariga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda. Qurbonlarning aniq soni aytilmagan.

Ma'lum bo‘lishicha, ayol IShID poytaxti hisoblanuvchi Raqqadan kelgan bo‘lgan. Uning shaxsi hali o‘rnatilmagan.

Ushbu terakt katolik nasroniylar tomonidan Pasxa bayramining nishonlanishi vaqtida yuz berdi. Suriya Pravoslav cherkovi ham shu kuni bu bayramni nishonlagan.

Ras-Al-Ayn shahri kurd isyonchilari tomonidan nazorat qilinadi. Shahar bir necha bor terrorchilar hujumiga uchragan.

Ko‘proq yangiliklar: