Rotterdamda terrorchilikka aloqadorlikda gumon qilingan fransuz qo‘lga olindi

Jahon 06:56 / 28.03.2016 876

Niderlandiya politsiyasi Rotterdamda Fransiya so‘rovi bilan terrorchilikka aloqadorlikda gumon qilingan fransuzni qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi Niderlandiya politsiyasiga iqtibos keltirgan holda.  

Prokuratura ma'lumotlariga ko‘ra, 32 yoshli fransuz hibsga olingan, u "terakt amalga oshirishni rejalashtirishga aloqadorlikka" gumon qilinmoqda. Gumonlanuvchining joylashgan o‘rni tergov davomida aniqlandi, gumonlanuvchidan tashqari yana 3 kishi hibsga olingan.

Niderlandiyada boshqa ma'lumotlarni berishdan bosh tortildi va gumonlanuvchini hibsga olish Fransiya huquq-tartibot muassasalari olib borgan tergovning bir qismi hioblanishi ta'kidlab o‘tildi.

Hibsga olingan kimsa Fransiyaga yuboriladi. Qolgan 3 kishi Niderlandiya olib borgan tergovga tegishli bo‘lgani uchun shu yerda qoladi.

Ko‘proq yangiliklar: