Fransiya va Rossiya uchrashuvi vaqtida «Stad de Frans» stadioni atrofiga merganlar joylashtiriladi

Sport 16:29 / 28.03.2016 1151

Fransiya va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi futbol uchrashuvi bo‘lib o‘tadigan Sen-Denidagi «Stad de Frans» stadioni atrofida snayperlar joylashtiriladi. Bu haqda Parij shahar jamoat tartibini saqlash va yo‘l harakati tartibga solish shtabi rahbari Loran Simonen ma'lumot bergan.

«Snayperlar stadion atrofiga joylashadi. Stadionning o‘zida esa politsiyaning kuchli tayyorgarlikka ega alohida qo‘shini ish olib boradi. Jami bo‘lib o‘yin paytida 400 nafar politsiya xodimi ishlaydi», — deya Simonendan iqtibos keltiradi BFMTV.

Bundan oldinroq, Rossiya terma jamoasi joylashgan Parij yaqinidagi mehmonxona qattiq qo‘riqlanayotgani haqida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: