BAAda 11 kishi terrorizm uchun umrbod qamoq jazosiga mahkum etildi

Jahon 09:51 / 28.03.2016 983

Birlashgan Arab Amirliklari Oliy sudi 11 nafar kishini terrorchilar bilan aloqadorlikda va mamlakat hududida teraktlar tashkil qilishda ishtirok etganlikda ayblab umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda mahalliy manbalarga asoslanib, WAM axborot agentligi xabar tarqatgan.

Shuningdek, shu ayblar qo‘yilgan 2 kishiga 15 yildan, 13 kishiga esa 10 yildan qamoq jazolari tayinlangan. 2 kishiga 5 yildan, 6 kishiga 3 yildan qamoq jazosi belgilangan.

Xabar qilinishicha, sud qilinganlarning 7 nafari oqlangan, yana 2 nafar kishi sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

BAAda jami bo‘lib 41 kishi IShID bo‘limini tuzishda ayblanib, sud qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: