Amerikada Yuriy Gagaringa yodgorlik o‘rnatiladi

Jahon 11:20 / 28.03.2016 931

Vashingtondagi Smitson instituti aviatsiya va kosmonavtika Milliy muzeyida buyuk fazogir Yuriy Gagaringa yodgorlik o‘rnatiladi.

Kosmonavt xotirasiga bag‘ishlangan byustning tantanali namoyish marosimi insonning fazoga ilk parvoziga 55 yil to‘lgani sharafiga bag‘ishlanadi va 19 aprel kuni bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi TASS nashri.

“Tarixdagi birinchi fazogirning byusti dunyoning eng katta beshta muzeyi qatoriga kiradigan hamda AQShda eng ko‘p tashrif buyuriladigan muzeyga o‘rnatiladi. Bu keng jamoatchilik, ayniqsa, yosh avlodning e'tiborini 55 yil avval sodir bo‘lgan butun insoniyat uchun muhim davr voqeasiga jalb etishga imkon beradi”, - dedi tashkilot vakili Oleg Jiganov.

Byustni ukrainalik haykaltarosh Aleksey Leonov yaratdi hamda o‘z asari va unga egalik huquqini “Madaniyatlar muloqoti – Yagona olam” (“Dialog kultur – Yedinyy mir”) xalqaro xayriya jamg‘armasiga taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, 55 yil avval - 1961 yil 12 aprel kuni – “Vostok” raketasi bortida Yuriy Gagarin bilan “Boyqo‘ng‘ir” kosmodromidan fazoga uchgan. 108 daqiqa davomida raketa Yer sharini bir marta aylanib chiqib, Saratov viloyati, Smelovka qishlog‘i hududiga qo‘ngan.

27 mart kuni Yuriy Gagarin vafotiga 48 yil to‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: