Yaponiyalik pensionerlar yashash tarzlarini yaxshilash maqsadida qamoqqa tushishga harakat qilmoqdalar

Jahon 21:22 / 27.03.2016 953

Yaponiyada qamoqqa tushish uchun takror va takror jinoyat amalga oshirayotgan pensionerlar soni ko‘paymoqda, deb yozmoqda Financial Times nashri.

Ma'lum qilinishicha, do‘konlardagi 35 foiz o‘g‘rilikni 60 yoshdan katta odamlar amalga oshirmoqda. Bu yosh toifasidagi 40 foiz jinoyatchilar qo‘lga tushish va qamoqqa qamalish umidida 6 martadan ko‘proq jinoyat amalga oshirganlar.

"Yaponiyadagi ijtimoiy vaziyat keksa odamlarni jinoyatlar amalga oshirishga majbur qilmoqda. Davlat yordamini oluvchi odamlar soni urush oxiridan beri eng katta ko‘rsatkichni tashkil qilmoqda. 40 foizga yaqin keksa odamlar yolg‘izlikda yashamoqdalar. Bu yaxshi emas. Ular qamoqni tark etadilar, ularda na pul, na oilalari bor va ular takror jinoyatlar amalga oshiradilar", deb ta'kidlamoqdalar ekspertlar.

Ta'kidlanishicha, pensionerlar eng kamtarin xarajatlarda ham pensiyalarining 25 foizdan ko‘prog‘ini kun kechirish uchun sarflaydilar.

Ko‘proq yangiliklar: