Qozog‘istonda samolyot ekipaji old g‘ildiraklarsiz qo‘nishni amalga oshirib, aviahalokat oldini olishdi

Jahon 17:13 / 27.03.2016 1833

Qozog‘istonda Bek Air aviakompaniyasining Ostona shahriga noqulay holatda favqulodda qo‘nishni talofatlarsiz amalga oshirgan samolyoti ekipaji davlat mukofotiga tavsiya etildi. Bu haqda Qozog‘iston investitsiyalar va rivojlanish vazirligi rahbari Asit Isekeshev o‘z feysbuki orqali ma'lum qilgan.

Ma'lum qilinishicha, ekipaj a'zolari qo‘nishni samolyotning oldingi g‘ildiraklari bo‘lmagan holatda amalga oshirishgan.

"Ekipaj a'zolari, ayniqsa komandirning mahoratini alohida qayd etishni istardim. Shuningdek, yerdagilar ham yaxshi harakat qilishgan. Ekipajga davlat mukofoti taqdim etiladi", deb yozadi vazir.

Uning qayd etishicha, maxsus komissiya bu hodisa sabablarini o‘rganishga kirishgan.

Bek Air aviakompaniyasi samolyoti Qizilo‘rdadan uchgan bo‘lib, Ostona shahri aeropotiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan. Dastlabki ma'lumotlarda, hodisa sababi sifatida oldingi g‘ildiraklar chiqmay qolgani aytilgandi. Qo‘nish vaqtida jabrlanganlar bo‘lmagan.

Ko‘proq yangiliklar: