Putin Asadni Palmiraning ozod etilishi bilan tabrikladi

Jahon 21:46 / 27.03.2016 742

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriya prezidenti Bashar Asad bilan telefon orqali suhbat o‘tkazdi. Putin bu suhbat davomida Asadni Palmiraning ozod etilishi bilan tabrikladi.

Bu haqda Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

"Suriya prezidenti bilan suhbatda Vladimir Putin o‘zining hamkasbini suriyalik harbiylar tomonidan Palmira shahrining ozod etilishi bilan tabrikladi va dunyo madaniyati uchun bu noyob tarixiy shaharning saqlab qolinishi muhimligini ta'kidlab o‘tdi", deb aytdi Peskov.

Ko‘proq yangiliklar: