Indoneziyadagi qamoqxonada ro‘y bergan yong‘in qurbonlari soni 5 nafar bo‘ldi

Jahon 10:42 / 27.03.2016 854

Indoneziyaning Sumatra orolida joylashgan Bengkulu shahridagi Malabero qamoqxonasida ro‘y bergan tartibsizliklardan keyin yong‘in kelib chiqqan va natijada 5 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Associated Press xabar bergan.

Politsiyachilarning aytishicha, mahbuslar isyoni giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash agentligi xodimlari qamoqxonadan narkobaronlardan birini olib ketmoqchi bo‘lishganida boshlangan.

Viloyat politsiyasi boshlig‘i Brig Gufronning ma'lum qilishicha, mahbuslar bu narkobaronga sadoqatlarini bildirish maqsadida isyon qilishgan.

Qayd etilishicha, yong‘indan keyin mahbuslardan biri shifoxonaga, 252 nafari boshqa qamoqxonaga jo‘natilgan.

Indoneziya giyohvand moddalar savdosiga qattiq kurash olib boruvchi davlatlardan biri sanaladi. Butun mamlakat bo‘ylab doimiy tarzda reydlar o‘tkazilsada, giyohvandlar soni keyingi 1 yilda 4,2 milliondan 6 millionga yetdi.

Ko‘proq yangiliklar: