FVV qutqaruvchilari “Katta chimyon” tog‘ida adashib qolgan fuqarolarga yordam berib, ularni pastga olib tushgan.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 21 sentabr kuni soat 16:15 da Toshkent viloyati FVBga Bo‘stonliq tumani “Chimyon” mahalla hududidagi “Katta chimyon” tog‘iga to‘rt nafar fuqaro sayr qilish maqsadida borib, yo‘ldan adashib qolganligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadidan bir guruh qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, fuqarolar xavfsiz hududga olib tushilgan.
Qayd etilishicha, fuqarolardan hech biri tan jarohati olmagan.