Bryusselda teraktlarga aloqadorlikda gumon qilinib 4 kishi qo‘lga olindi

Jahon 19:30 / 27.03.2016 729

Bryussel prokuraturasi 22 mart kungi teraktlar bo‘yicha 13ta reyd o‘tkazilgani va 4 kishi qo‘lga olingani haqida ma'lum qildi. Bu haqda La Libre xabar tarqatgan.

Manbaning yozishicha, politsiya 13ta yangi reyd o‘tkazgan, 9 kishini so‘roq qilgan. Tergovlardan keyin 5 kishining teraktlarga aloqador emasligini isbotlanib, ular qo‘yib yuborilgan.

Huquq tartibot organlari xodimlari hibsda qolayotgan 4 kishining taqdiri keyinroq ma'lum bo‘lishini bildirishgan.

Ular haqida batafsil ma'lumotlar berilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: