Asad: Suriya federallashtirish uchun juda kichiklik qiladi

Jahon 20:15 / 27.03.2016 1292

Suriya prezidenti Bashar Asad fransiyalik siyosatchilar bilan uchrashuvda Suriya federallashtirishni kiritish uchun juda kichiklik qilishini aytdi, deb xabar bermoqda Sputnik axborot agentligi.

"Asadning ta'kidlashicha, Suriya juda kichik davlat va u federallashtirish g‘oyasini amalga oshirish uchun, barcha hamjamiyatlar bir-biri bilan chambarchas bog‘lanib ketgani hisobga olinsa, juda kichikdir", deb aytdi fransiyalik siyosatchilar delegatsiyasi a'zosi Nikolya Dyuik Suriya prezidenti bilan uchrashuv natijalariga ko‘ra.

Asadning ta'kidlashicha, kurdlarning federallashtirishni kiritish taklifi yomon g‘oyadir.

Asadning ma'lum qilishicha, Suriyada markaziy hukumat bosh rol o‘ynashi kerak, biroq ba'zi hududlar ko‘proq avtonomlik olishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: