Asad Palmiraning ozod etilishini armiya va ittifoqchilarning strategik muvaffaqiyati sifatida baholadi

Jahon 19:45 / 27.03.2016 906

Suriya prezidenti Bashar Asad Palmira shahrining IShID qo‘lidan ozod etilishini hukumat harbiylari va ittifoqchi kuchlarning birgalikda strategik muvaffaqiyatga erishishi deb baholagan. Bu haqda SANA xabar tarqatgan.

"Tarixiy ahamiyatga ega Palmira shahri Suriya armiyasi va ittifoqchilarning terrorizmga qarshi kurashdagi strategik harakatlari samarasidir", degan u Damashq shahrida fransiyalik parlamentariylar bilan uchrashuv vaqtida.

Bundan oldinroq, Suriya qurolli kuchlari qo‘mondonligi Palmiraning ozod etilganini tasdiqlagan, bunda Rossiya Harbiy kosmik kuchlari samolyotlari ko‘mak bergani haqida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: