26 mart kuni Rossiyadagi o‘nlab OAVda 2015 yili Germaniya kansleri Angela Merkelning Bryussel terakti ijrochilaridan biri sifatida qaralayotgan jangari bilan tushgan surati tarqatildi. Lekin bu xabarlar ishonchsiz bo‘lib chiqdi.
Ayni vaqtga kelib, Merkelning yonidagi yigitning shaxsi aniqlangan va u terrorchilarga aloqador emasligi ma'lum bo‘lgan.
26 mart kuni blogerlar ijtimoiy tarmoqda Bryussel terakti ijrochilaridan biri sifatida qaralayotgan Najim Laashraviyning 2015 yil 10 sentabrida Berlindagi qochoqlar lageriga kelgan Angela Merkel bilan suratgan tushgani haqida muhokamalar o‘tkazishgandi.
Rossiya nashrlarining aksarida "Merkel xonim Bryussel teraktlari ijrochisi bilan suratga tushgan" qabilidagi sarlavhalar bilan xabarlar chiqarildi.