Al Jazeera telekanali 500 xodimini ishdan bo‘shatadi

Jahon 19:37 / 27.03.2016 766

Qatarning Al Jazeera telekomaniyasi o‘zining butun dunyo bo‘ylab joylashgan bo‘limlarida jami 500 nafar xodimini ishdan bo‘shatishga qaror qilgan. Bu haqda Associated Press nashri xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, xodimlar sonini qisqartish zaruriyatiga telekanalni moliyalashtiradigan kompaniyalarning energiya narxlari arzonlashishi tufayli ko‘rayotgan zararlari sabab hisoblanadi.

Al Jazeera telekanalidagilarning ma'lumotiga ko‘ra, qisqartirishlar orqali kadrlar optimallashtiriladi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, telekanalda ayni vaqtda 4500dan ortiq xodim faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: