Avstraliyalik aktyor Hyu Jyekman Sidneydagi plyajda bo‘ron boshlangach, o‘z o‘g‘li va boshqa dam oluvchilarni cho‘kib ketishdan qutqarib qoldi. Bu haqda Guardian xabar bergan.
Aktyor va uning o‘g‘li bo‘ron boshlanishi arafasida suvda bo‘lishgan. Avvaliga u kichik qizchani to‘lqindan to‘sgan. Keyin keksa kishining qirg‘oqqa chiqib olishida ko‘maklashgan. Shundan so‘ng u o‘zining 15 yoshli o‘g‘li Oskarni qirg‘oqqa chiqarib qo‘ygan.
#HughJackman rescues son #OscarJackman and other swimmers from rip at Bondi Beach pic.twitter.com/ycx2bxXnBD
— HughJackMania Club (@HughJackMania) 26 marta 2016 g.
"Biz suvda 20 daqiqa davomida suzib yurgandik, lekin hech qanday xavf sezmagandik. Shunda birdan ulkan to‘lqinlar yopirilib kela boshladi. Hyu xotirjamlikni yo‘qotmagan holda odamlarga qirg‘oqqa chiqishda yordam bera boshladi", deya guvohlarning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Guardian nashri.
Bu hodisadan keyin plyaj yopib qo‘yilgan.
Hyu Jyekman "Lyudi X" kinokomikslaridagi ishtiroki orqali tanilgan. Uning filmlari orasida "Van Xelsing", "Avstraliya", "Po‘lat bo‘lish", "Quvg‘indi" kabi nomlar bor.