Yakkakurashchi Fedor Yemelyanenko keyingi jangini o‘tkazadigan joy nomini ma'lum qildi

Sport 21:32 / 26.03.2016 1129

Rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi Fedor Yemelyanenko keyingi jangini Rossiyada o‘tkazadi. Bu haqda sportchi Epic MMA portaliga ma'lum qildi.

"Keyingi jangim Rossiyada bo‘ladi. Men hozircha hamma narsani oshkor qila olmayman, biroq, ha men rossiyalik muxlislar uchun jang qilaman, shuningdek men bilan birga mening jamoam ham ishtirok etadi. Bular Yaponiyadagi yangi yil shousida ishtirok etgan Vadim Nemkov, Valentin Moldavskiy, Kirill Sidelnikov va Anatoliy Tokov", deb aytdi Yemelyanenko.

Yemelyanenko, shuningdek, unga keyingi raqibi kim ekanligi ma'lum ekanligini aytdi. "Men o‘zimning keyingi raqibimga moslab tayyorlanayapman, men uning kim bo‘lishini bilaman. Biroq hozircha buni aytolmayman", deb qo‘shimcha qildi mashhur sportchi.

Yemelyanenko o‘tgan yil yozida faoliyatini qayta boshlashini e'lon qilgandi va 31 dekabrda Yaponiyada o‘tkazgan jangida hind jangchisi Jyeydip Singxni muddatdan avval yutgandi. Shu jangdan keyin rossiyalik yakkakurashchi hisobida 39 ta jangda 35 ta g‘alaba va 4 ta mag‘lubiyat bo‘ldi.
Yemelyanenko Yaponiyaning Pride tashkiloti versiyasi bo‘yicha aralash yakkakurashlarning og‘ir vazn toifasida 4 karra jahon chempioni hamda jangovar sambo bo‘yicha ham 4 karra jahon chempioni hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: