Amerikaning Cygnus yuk kosmik kemasi Xalqaro Kosmik stansiyaga ulangach, ekipaj a'zolari yerdan yuborilgan 3,5tonna yukni qabul qilishadi. Bu haqda NASA xabar qilmoqda.
Cygnus’ning stansiyaga ulanishini ekipaj komandiri Tim Kopra va NASA astronavti nazorat qiladi. Yuk kemasi ulangandan so‘ng, taxminan 2 oy fazoda qoladi.
Kema vositasida orbitaga ekipaj a'zolari uchun zarur narsalardan tashqari, meteoritlarning kimyoviy tarkibini o‘rganish uchun Meteor uskunasi va 3D printer ham yetkaziladi.
Uskunalarning bir qismi esa, kemaning bortida ham qoldiriladi. Ular yordamida yong‘inlarning fazodagi holatini o‘rganish maqsadida Saffire-I tajribasi o‘tkaziladi.
Bundan avval, XKSga mevalar, piyoz va sarimsoqpiyoz ham yetkazilishi xabar qilingan edi.