Turkiya termasi a'zosi FIFA tomonidan qo‘llaniladigan jazo tufayli Yevro-2016ni o‘tkazib yuboradi

Sport 18:42 / 26.03.2016 975

"Trabzonspor" bilan shartnoma imzolagan o‘yinchi alaloqibat "Bayyer"ga o‘tgani borasida FIFA bilan tortishgani bois, Xoqon Chalxano‘g‘li 4 oyga futboldan chetlashtiriladi.

FIFA va Xoqon o‘rtasidagi munozaraga futbolchining 2011 yili "Trabzonspor" bilan imzolagan shartnomasi sabab bo‘ldi. Bitimga ko‘ra, o‘yinchi 2012/13 yilgi mavsumda mazkur jamoa sharafini himoya qilishi lozim edi. Biroq, futbolchi "Bayyer"ga o‘tib ketgan.

Chalxano‘g‘li FIFAning bu qaroriga apelyatsiya bergan va ayni vaqtda o‘ynay oladi. Biroq, FIFA o‘yinchining arizasini tez orada qayta ko‘rib chiqib, uni 4 oyga futboldan chetlashtirishi ehtimolga yaqin. Agar shunday bo‘lsa, Hoqon Fransiyada bo‘lib o‘tajak Yevro-2016ni o‘tkazib yuboradi.

Ko‘proq yangiliklar: