“Askiyalik” valyutafurushlar qo‘lga tushdi

Jamiyat 13:38 / 26.03.2016 1612

Toshkent shahridagi “Askiya dehqon bozori” OAJga qarashli avtoturargohni o‘zlariga “makon” qilib olgan bir guruh valyutafurushlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Buxorolik 33 yoshni qarshilagan Atham Jalilov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) besh kishidan iborat guruh tuzib, jinoiy faoliyat olib borgan.

SVOJJDLKQ departamentining Yakkasaroy tuman bo‘limiga kelib tushgan arizalar asosida o‘tkazilgan tadbirda A.Jalilov 300 AQSh dollarini sotib olayotgan paytda qo‘lga olindi. Surishtiruv ishlari mobaynida barcha sheriklarining qilmishlari ham fosh etildi. Tekshiruv davomida bu shaxslarga tegishli avtomashinalardan noqonuniy valyuta savdosi uchun foydalanib kelayotgan 84 mln 490 ming so‘m, 49 ming 250 AQSh dollari, 72 ming 840 Rossiya rubli, 14 ming 400 Qozog‘iston tengesi, 2 ming Koreya voni hamda boshqa xorij davlatlarining pul birliklari topildi va dalil sifatida olib qo‘yildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining hukmi bilan ushbu shaxslarga eng kam ish haqining ikki yuz barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Ko‘proq yangiliklar: