Toshkentda diplomatlar o‘rtasida shaxmat turniri o‘tkaziladi

O‘zbekiston 21:32 / 25.03.2016 1424

2016 yilning 26 mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik vakolatxonalarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi “Dipxorijxizmat” diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida XII-shaxmat turnirini o‘tkazadi.

An'anaga aylangan musobaqada o‘tgan yili birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan AQSh elchixonasi, “LUKOIL Uzbekistan Operating Company” MChJ, Qozog‘iston elchixonasining terma jamoalari ishtirok etadi.

Turnirda O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan elchixona va xalqaro tuzilmalarning jami 30ga yaqin jamoalari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: