Yyel universiteti olimlari San-Paulu universitetining biotibbiyot fanlari instituti xodimlari va ABC federal universiteti (Braziliya) bilan hamkorlikda miya ustida tadqiqot o‘tkazishdi. Unga ko‘ra, ko‘plab umurtqalilar mazali taom o‘rniga kaloriyali taomlarni tanlashlarini aniqlashdi. Tadqiqot NatureNeuroscience jurnalida chop etildi.
Tadqiqot mualliflaridan biri Tatyana Lima Ferrera “Old miyaning ustki qatlamining ostida joylashgan neyron zanjirlari va bazal gangliy (striatum ham) qismlari bir vaqtning o‘zida mazali taomdan olinadigan rohatni sezadi va kaloriyaning hisobini oladi”, - deya tushuntirdi.
Neyrobiologlar sichqonlarda har xil kaloriyali taomlarning iste'molidan so‘ng dofamin (xursandchilik garmoni) miqdorining miyaga qanday ta'sir qilishi mumkinligini aniqlash uchun tadqiqot o‘tkazishdi.
Tajriba natijasida olimlar shuni aniqlashdiki, ventral striatumdagi neyron zanjirlari ta'mni aniqlashda qatnashishadi, orqa qismdagi striatumdagi zanjirlar esa mahsulotning energetik miqdorini aniqlaydi.