Putin Qodirovni Checheniston rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinladi

Jahon 17:33 / 25.03.2016 1155

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ramzan Qodirovni Checheniston respublikasi rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinladi.

Putin shu haqdagi farmonida Qodirovning 2016 yil sentabridagi saylovlarda ishtirok etishiga umid bildirgan.

Prezidentning ishonch bildirishicha, "Checheniston aholisi va chechenlar saylovoldi kampaniyasi davrida va saylov vaqtida Qodirovning respublika uchun qilgan ishlarini qadrlashadi.

Ramzan Qodirovning Checheniston rahbarligi muddati shu yilning 5 apreligacha etib belgilangandi. Yil boshida Qodirov bir necha marta Rossiya prezidenti shuni istasa o‘z lavozimini tark etishga tayyorligini bildirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: