Putin: Obamaning munosabati tufayligina Suriyada bunday yutuqlarga erishdik

Jahon 00:33 / 25.03.2016 1050

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashuvda Rossiya Suriya yo‘nalishida amalga oshirgan ishlar AQSh rahbariyati va prezident Barak Obamaning munosabati evazigagina amalga oshirilganini aytib o‘tdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

"Biz Suriya yo‘nalishida AQShning oliy siyosiy rahbariyati, prezident Obama munosabati evazigagina erishilishi mumkin bo‘lganlarga erishishga muvaffaq bo‘ldik", deb aytdi Putin.

Jon Kerri Putin bilan uchrashuvi davomida AQSh prezidenti va AQSh xalqi nomidan Rostov-Donda falokatga uchragan samolyot munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: