O‘zbekiston TIV delegatsiyasi Yaponiyada «Markaziy Osiyo+Yaponiya» muloqoti kengashida ishtirok etdi

O‘zbekiston 21:36 / 25.03.2016 1052

2016 yilning 25 mart kuni Tokio shahrida tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari darajasidagi “Markaziy Osiyo+Yaponiya” muloqoti yuqori mansabdor shaxslarining 11-kengashi bo‘lib o‘tdi.

Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Yaponiya vakillari ko‘p tomonlama formatdagi hamkorlik, jumladan mintaqaviy xavfsizlik, savdo va investitsiya, transport infratuzilmasi va logistikani rivojlantirish hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qilishdi.

Shuningdek, joriy yilda Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tadigan muloqotning Tashqi ishlar vazirlari 6-kengashiga tayyorgarlikning borishi ham muhokama qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: