Ma'lumki, qo‘plab insonlar chekishdan voz kechish uchun turli xil usullardan foydalanishadi. British Heart Foundation mutaxassislari bu zararli odatni birdaniga rad etish, ya'ni «cold turkey» deb tanilgan usul eng yaxshi samara berishini tasdiqlashdi.
«Sold turkey» («sovuq kurka») – bu AQShdagi mashhur iboralardan biri bo‘lib, «darhol bajarish» degan ma'nolarni anglatadi. Bu usulning mazmuni kuchli iroda istagi bilan chekishni tashlashni birdan amalga oshirish emas, balki bu odatni qandaydir muhim voqea (to‘y, farzandli bo‘lish va h.k.) yoki kun bilan bog‘lash lozim. Odatda, chekishni tashlashni istagan odamlar oxirgi sigaretani chekib bo‘lib, bu zararli odatni aniq bir kun va vaqtga bog‘lagan holda amalga oshirishadi.
British Heart Foundation tadqiqotlarining natijalariga ko‘ra, 700 kishi qatnashgan so‘rovda, «Cold turkey» usulidan foydalanganlarning 25 foizi zararli odatga qaytmaslikka qo‘proq imkoniyatlari bo‘lgan. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bir lahzada tugatish usuli ko‘ngillilarning irodalarining mustahkamlanishiga va maqsadlarini aniq qo‘yishga yordam bergan.
British Heart Foundation mutaxassislari har safar chekish uchun yengib bo‘lmaydigan ehtiyoj paydo bo‘lganda, irodani mustahkam ushlashni maslahat berishdi. Buning uchun oldindan tayyorgarlik ko‘rish shart: chekish aksessuarlaridan (kuldonlar, sigaretalar reklamalari, kalyanlar va h.k.) xalos bo‘lish, chekish hududlariga yaqinlashmaslik, o‘zingizga xobbi topish yoki qandaydir sport turi bilan shug‘ullanish kerak. Agar orada baribir “uzilish” bo‘lsa, ekspertlar bunga muvafaqqiyatsizlik emas, balki o‘z xatolarini anglab, tuzatish uchun yana bir imkoniyat, deb qarashni ta'kidlashdi.
Ammo «Cold turkey» usulini qo‘llashdan oldin, shuni esda tutish lozimki, “bekor qilish sindromi” tufayli vazifalaringizni bajarayotgan vaqt diqqatingiz yo‘qolganda jiddiy talofatlar sodir bo‘lsa, oldindan maxsus dorilarni tayyorlab qo‘yishingiz lozim.