Niderlandiya va Fransiya o‘rtasidagi uchrashuv 14-daqiqada to‘xtatiladi

Sport 09:59 / 25.03.2016 1095

Niderlandiya va Fransiya terma jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuvi 14-daqiqada bir daqiqaga to‘xtatiladi. Bu haqda De Telegraaf xabar tarqatgan.

Bu orqali 24 mart kuni olamdan o‘tgan mashhur niderlandiyalik futbolchi Yohan Kroyffning xotirasi yodga olinadi. Qayd etish kerakki, marhum futbolchi terma jamoada aynan 14-raqam ostida harakat qilgan.

Uch karra "Oltin to‘p" sohibi 68 yoshida saraton xastaligi tufayli olamdan o‘tdi.

Niderlandiya va Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs 25 mart kuni Amsterdam shahrida o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: