Kuril orollarida qirg‘oq raketa komplekslari paydo bo‘ladi

Jahon 15:51 / 25.03.2016 900

Rossiya mudofaa vazirligi Uzoq Sharqning Kuril orollari sohillariga raketa majmualarini joylashtiradi, deya xabar qilmoqda RNS (Rambler yangiliklar xizmati). Bu haqda vazirlik rahbari Sergey Shoygu ma'lum qilgan.

Uning aytishicha, “Kuril orollaridagi harbiy qism va bo‘linmalar rejaga muvofiq qayta qurollantiriladi. Joriy yilda bu yerda “Bal” va “Bastion” rusumli sohil raketa komplekslari hamda “Eleron-3” uchuvchisiz apparatlari joylashtiriladi”. Shoyguning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi vaqtda Arktikadagi harbiy bo‘linmalarni jihozlash borasida faol ish olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: