Kerri Rossiyadan sanksiyalarning yechilishi shartini ma'lum qildi

Jahon 09:36 / 25.03.2016 760

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Moskvaga tashrifi vaqtida Rossiyaga qarshi qo‘llangan sanksiyalar bu davlat Minsk kelishuvlariga amal qilingan taqdirdagina bekor qilinishi haqida aytdi. Bu haqda Interfaks xabar tarqatgan.

"Prezident Obama sanksiyalarni bekor qilishga tayyor. Buning uchun Minsk kelishuvlariga to‘la amal qilinishi talab etiladi. Ya'ni Ukrainaning janubiy chegarasidan harbiylar va qurol-yarog‘lar olib ketilishi kerak", deydi Kerri.

Bundan oldinroq, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Moskva va Vashington Ukraina janubi-sharqidagi ziddiyatni barqarorlashtirish bo‘yicha umumiy fikrlarga egaligi haqida ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: