Keniyada jangarilar hujumi haqidagi yolg‘on signal tufayli 38 talaba jarohatlandi

Jahon 23:28 / 25.03.2016 1057

Keniyada jangarilar hujumi haqidagi yolg‘on signal oqibatida yuzaga kelgan sarosima vaqtida kamida 38 talaba jarohatlandi. Bu haqda 25 martda Associated Press axborot agentligi ma'lum qildi.

Ushbu noxush voqea mamlakat poytaxti Nayrobi yaqinidagi universitetda yuz berdi. Talabalar o‘z kursdoshlarining hayqirig‘ini eshitishgach, universitetga jangarilar hujum qildi, deb o‘ylashgan. Shu sababli binoda tiqilinch yuzaga kelgan, ko‘plab talabalar yuqori qavatlar derazalaridan pastga sakray boshlashgan.

2015 yil aprelda "Ash-Shabob" jangarilari mamlakatning shimolida joylashgan Garissa shahridagi universitet yotoqxonasiga hujum qilgani oqibatida 147 kishi halok bo‘lib, 79 kishi yaralangandi. Maxsus kuchlar garovga olingan 587 talabani ozod qilishga muvaffaq bo‘lgan. Hujumni uyushtirgan barcha 4 nafar jangari yo‘q qilingandi.

"Ash-Shabob" terrorchilik guruhi shariat qonunlari bilan yashovchi jamiyatni yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Ko‘proq yangiliklar: