Jon Kerri va Abu-Dabi valiahd shahzodasi Moskvada Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishdi

Jahon 00:24 / 25.03.2016 1039

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad al-Nahayyan Moskvadagi uchrashuvda Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishdi. Bu haqda AQShning Rossiyadagi elchixonasi vakili Uill Stivens tvitterda ma'lum qildi.

WAM agentligining aniqlashicha, siyosatchilar Suriyadagi vaziyatni siyosiy yo‘l bilan tartibga solishda xalqaro va mintaqaviy darajada amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlarni muhokama qilishgan.

Ular, shuningdek, terrorchilikka qarshi xalqaro koalitsiyaning ishi davom ettirilishi muhimligini ta'kidlab o‘tishgan.

Ko‘proq yangiliklar: