Iroqda futbol stadionidagi portlash oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi

Jahon 23:57 / 25.03.2016 1153

25 martda Bag‘dodning janubida futbol stadionida sodir etilgan portlash oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi. AR ma'lumotlariga ko‘ra, yana 60 ga yaqin kishi jarohatlangan. Mahalliy xizmatlarning ma'lum qilishicha, portlashni xudkush amalga oshirgan.

IShID hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.

Hozirda voqea joyida politsiya va qutqaruv xizmati xodimlari ish olib bormoqdalar.

Bu orada Suriyada IShID boshlig‘ining o‘ng qo‘li bo‘lgan Abdulla Rahmon Mustafa al-Kaduliy yo‘q qilindi. U shuningdek Hoji Imom nomi bilan ham ma'lum bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: