MB mijozlari bo‘lgan pensionerlarning plastik kartalari hisobvarag‘idagi foizlar miqdori oshirildi

O‘zbekiston 17:44 / 25.03.2016 2228

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mijozlarning bank xizmatlariga qiziqishini oshirish maqsadida joriy yilning 11 martidan jismoniy shaxslarning plastik kartochka hisobvaraqlari bo‘yicha yangi foiz stavkalari belgiladi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.

Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar samarasida tijorat banklari ulkan yutuqlarga erishayotgani ta'kidlandi. 2015 yilda Jahon banki tomonidan e'lon qilingan “Biznes yuritish” reytingining “Kichik biznes sub'yektlariga kredit berish” deb nomlangan ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekiston so‘nggi uch yilda 154-o‘rindan 42-o‘ringa ko‘tarilgani buning yana bir dalilidir.

Milliy bank investitsiya faoliyati va eksportni kengaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi va xo‘jalik sub'yektlarining bo‘sh turgan mablag‘larini omonatlarga jalb etishni rag‘batlantirish borasida faol ish olib bormoqda. Xususan, shu yil 1 mart holatiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga 286 milliard 670 million so‘m kredit ajratilgan.

Davlatimiz rahbarining 2008 yil 18 noyabrdagi “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan bank o‘z balansiga qabul qilgan 68 korxona mulkidan hozirga qadar 63 korxonaning mol-mulki yangi mulkdorlarga sotilgan. 5 korxonada ishlab chiqarish faoliyati tiklangan va salohiyatli investorlarga sotish choralari ko‘rilmoqda.

“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida bank milliy valyutada saqlash muddati 7 oydan 1 yilgacha bo‘lgan “Sog‘lom avlod” va “Mehribon ona” nomli yangi muddatli omonatlarni joriy etdi.

Tadbirda bank moliya institutlari orasida chakana operatsiyalar bozorida yetakchi o‘rin egallab kelayotgani, aholining bo‘sh pul mablag‘larini depozitlarga jalb qilishni ko‘paytirish choralari ko‘rilayotgani, muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar va joylarda o‘rnatilgan terminallar haqida ma'lumot berildi.

Ko‘proq yangiliklar: